Birlashgan Millatlar Tashkiloti(BMT)ning “Barqaror rivojlanish maqsadlari” (BRM) – O‘zbekiston va butun dunyo aholisi duch kelayotgan asosiy muammolarni hal etishga qaratilgan 17 ta o‘zaro bog‘liq va ulkan maqsaddan iborat bo‘lib, uning 4-maqsadi “Sifatli ta’lim”ga bag‘ishlangan hamda har bir insonni qamrab oluvchi odil va yuqori sifatli ta’lim tizimini ta’minlash va ta’lim olishiga rag‘batlantirishni nazarda tutadi. Bugungi kunda oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar ertangi kunimiz uchun mustahkam zamin yaratishi muqarrar.